O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Bu yetarli emasligi ta’kidlanib, soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kelgusi o‘quv yilida “1 million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

By azizbek

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *