«Barbod qishloq». Ustabuzarmonlardan qolgan izlar bo’ylab

Jizzaxda bir joy bor. Baxtsizlik makoni. Biz bu yerda haqiqiy baxtsizlikni, haqiqiy baxtsizlarni ko’rdik… Keling, bir boshdan hikoya qilamiz.

Mirzacho’l sho’rxoklari ustidagi bu hudud o’tgan asrning 70-yillari oxirida cho’lquvarlar tomonidan o’zlashtirila boshlangan, bu hudud Mustaqillik yillarining ilk yillarida gullab-yashnagan, respublikaning turli hududlaridan kelgan yosh oilalar xalq tilida hozirgacha «3-sovxoz» deb yuritiladigan bu posyolkani o’zlariga yangi makon qilishgandi.

Ammo yangi asr boshida bu hududlar e`tibordan chetda qoladi va aholining yashash sharoitlari keskin yomonlashib ketadi.

Joriy yilning fevralida «Kun.uz» ijodiy guruhi Jizzax viloyatiga safari davomida ushbu hududdagi muammolarni o’rgangan va saytda «Diqqat, keyingi bekat – «Porloq yo’l sovxozi (xarobalari)» sarlavhali material ham e`lon qilingandi.

2018 yilning fevral oyi oxirida O’zbekiston prezidenti tashabbusi bilan «Obod qishloq» dasturi bo’yicha ishlar boshlanib ketadi. Jizzax viloyatida «Manas» qishlog’i, Samarqand viloyatida «Jom» qishlog’i namunali tarzda obod qilindi.

2018 yilning 29 martida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» dasturi to’g’risida»gi farmoni imzolanadi. Shu kuni prezidentning «Obod qishloq» dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori ham imzolanib, dastur ijrosini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika komissiyasi tuziladi. Dasturga ko’ra, respublikada 2018 yil mobaynida 370 qishloq va mahallalar dasturga binoan obodonlashtirilishi belgilab qo’yiladi. Obodonlashtirish ishlariga respublika bo’yicha 6396ta tashkilot biriktiriladi.

Quyidagilar aholi turmush darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan dasturning ustuvor maqsadlari etib belgilangan:
1) aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan bog’laydigan yo’llarni qurish, avtobus qatnovini yo’lga qo’yish;
2) qishloq ichki yo’llari va piyodalar yo’laklarini barpo etish va ta`mirlash, yo’l bo’ylarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport to’xtash bekatlarini qurish;
3) elektr ta`minotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va ko’mir yoqilg’isini uzluksiz yetkazib berish;
4) ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga e`tibor qaratish, bunda bog’cha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish;
5) bozor infratuzilmasi obektlarini va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini barpo etish;
6) uy-joylarni ta`mirlashda xonadon egalariga amaliy yordam ko’rsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta`minlash, muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korxonalar mablag’lari hisobidan uy qurib berish (ta`mirlash) va boshqalar.

Avvalgi nomi «Tinchlik» qishloq fuqarolar yig’ini bo’lgan, hozirda nomi «Yoshlik» QFY sifatida o’zgargan sovxoz ham Zarbdor tumanida (bu hudud uzoq yillar mobaynida Zomin tumani tarkibida bo’lgan, joriy yil boshida Zarbdor tumani tarkibiga o’tkazilgan) rejaga kiritilgan ikki qishloqdan biri edi. Bu yerda 507 xonadonda 3108 nafar fuqaro istiqomat qilib kelmoqda.

Bu hudud shu yil oxiriga qadar obodonlashtirilishi shart edi.

Lekin bu tasvirlarda ko’rinadiki, «Yoshlik» qishloq fuqarolar yig’inida faqat buzish ishlari o’tkazilgan va qishloq xaroba ahvolga keltirilgan.

You may also like...

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan