Boburni asragan duo

Istiqlol hadya ergan ma`naviy me`rosimiz bisyor. Jumladan, bugungi kun o`quvchisi A. Navoiyning buyuk “Xamsa” asari, Boburning mashxur “Bobournoma” asarlarini hozirgi o`zbek adabiy tilida o`qish baxtiga muyassar bo`lganlar.

“Boburnoma” 2012-yilda adabiyotshunos olim Vahob Rahmonov va Karomat Mallaxo`jayevalar tomonidan hozirgi o`zbek tilida tadbil etildi.

Buyuk podshoh, mumtoz shoir, adabiyotshunos, tilshunos, faqih, san`atshunos, etnograf, hayvonot va nobotot olami bilimdoni deya e`tirof etilgan vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini o`rganishda, uni yaqindan bilishda “Bobornoma” asarining ahamiyeti katta.

“Bobornoma” ni varaqlar ekanmiz, Bobur hayotida tahdid etuvchi hayratlanarli voqealarni ko`plab uchratamiz. Mana ulardan biri:

“Hali Mirzoxon o`tirgan chorbog`ga kirib ulgurmagan ham edimki, qo`rg`ondagi eldan Ahmad Yusuf, Sayyid Yusuf keldi. Men bilan hamroh bo`lishdi. Mirzoxon o`tirgan bog`ga kirdik. Mirzoxon yo`q – qochib ketibdi. Tezdanoq qaytdim. Ahmad Yusuf mening ortimda edi. Chorbog`ning eshigidan Do`st Saripuliy piyoda qilich yalong`ochlab kirib keldi. U Kobilda mardonaligi tufayli hurmat – e`tabor topgan, Kobulda dasta boshlig`I mansabiga qo`yilgan edi. U menga tik qarab bostirib kelardi. Men sovut kiygan edim. Kamarband bog`lamagan edim. Bir dubulg`a ham kiymagan edim. Bir necha marta “Hay Do`st, hay Do`st” deb qichqirdim Ahmad Yusuf ham  qichqirdi. Sovuq va qorda yuraverib o`zgarganimgami, yo meni tanimadi, yo urush g`azabidan, tortinmay yalang bilagimga qilich soldi. Tangri inoyati edi. Qil uchicha ta`sir qilmadi. Men ushbu duani o`qigan edim, uning hosiyati bo`ldi.tangri taolo bu falokatni daf qildi va bu menga yo`nalgan baloni bartaraf qildi.

U mana bu duodir:

“Bismillahir rohmanir – rohim. Alohumma anta robbiy, la ilaha anta, alayka tavakkaltu va anta robbul arshil – azim. Mashallohu va ma lam yasha`lam yakun. Vala havla vala quvvata illa billahil aliyyil azim. Va i`lam innalloha ala kulli shayin qodir. Va innalloha qod ahato bikulli shayin ilman va ahso kulla shay`in adadan. Alohumma a`uzu bika min sharri nafsi va min sharri g`oyri man min sharri kulli zi sharrin va min sharri kulli dabbatin, anta axizu binasiyatiha, innaka robbil arshil – azim”!

(“Boburnoma” asari 151-152-betlar. T-2012)

Muallif: Uchqorgon tuman 20-umumiy orta talim maktabi ona tili va adabiyoti o`qituvchisi Ergashev Shohidaxon

You may also like...